Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov) 1989

ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ
ҚИЁМАТ

Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov) 1989

ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ
ҚИЁМАТ

Order Now!
About the Book

Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov)

Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov) lib.iiau.uz
Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov) lib.iiau.uz

Qishning qisqa kuni norasta nafasiday birpasgina ilib turdi-yu, togʼlarning kungay betlarida koʼp oʼtmay havoning avzoyi buzildi, muzliklardan sovuq shamol izgʼidi, daraoʼngirlarga erta tushgan xufton qorongʼiligi shitob bilan yoyildi, qor-quyunli kechaning
izgʼirin sovugʼi turdi.

Tevarakka qalin qor tushgan. Tabiatning bebosh xohishiga koʼra, xuddi toʼrt tomonga oʼt ketganday bundan ikki kun burun toʼsindan qattiq qorboʼron quturib oʼtgan, Issiqkoʼl togʼ tizmalari qor koʼrpalari bilan qoplanib yotardi.

Togʼlar qora quyun ichra gʼoyib boʼldi, osmon koʼzdan yoʼqoldi, atrof-javonib koʼrinmay qoldi. Soʼng sukunat choʼkdi, havoning rang-roʼyi ochildi. Oʼshandan buyon qish boʼroni tinib, oʼngu soʼli jami qor zabtida qolgan togʼlar yotsirab, jimjit ayozda xoʼmraygancha qotib turardilar.

Faqat oʼsha kunbotar chogʼida Uzun Chot darasi boʼylab osmonning uzoq shamolgohida, sallador bulutlar qoʼynida tutab yotgan

Ola Moʼngu muz dovoni sari oʼtib borayotgan ogʼir vertolyotning guldiragan ovozi dam sayin yaqinlashib, kuchaygandan kuchayib borar va nihoyat, atrof-tumonat, tovush hamda yorugʼlikdan boʼlak hech narsa yetib borolmaydigan choʼqqilar, tizmalar, mangu koʼk muzliklarni tamom oʼz hukmiga oldi.

Togʼu toshlarga urilib, avvalgisidan yana beshbadtar zoʼraygandan zoʼraygan qaldiroq boshlar uzra shunchalar ayovsiz dahshat solar ediki, goʼyo yana ozgina shunday davom etsa, yana oʼsha yer qimirlaganiday… qiyomat-qoyim qoʼpadiganday edi.

Oʼzi shunga yaqinlashib ham qoldi — vertolyot uchib oʼtarkan, yoʼl ustidagi shamollar yalab ketgan tik qoya bagʼridan guldurosning zoʼri tufayli tosh uyumlari koʼchib oʼrnidan qoʼzgʼaldi-da, soʼng yana shu zahoti xuddi qon quyulganday aylanib toʼxtadi.

Xuddi shuni kutib turganday beqaror, muallaq toshlar, bir necha ogʼir xarsang baland uchurumdan yoʼl-yoʼlakay chang-toʼzon koʼtarib, shiddat va suron solib quladi.

Togʼ yonbagʼriga yetganda, ular xuddi zambarakning oʼqiday qarsillab tushib, yorilib, qizil tol va qoragʼat butalarini oʼpirib oʼtib, qor toʼzonlarini koʼkka sovurgancha yuksakdan osilib turgan qoya tagida, quyuq butazorlar bilan toʼsilgan oʼngirda, ikki qirgʼogʼi yaxlagan jilgʼa boʼyidagi boʼri ini ogʼzida toʼxtadilar.

Urgʼochi boʼri Аkbara tepadan qulagan toshlar va qor uyumlaridan choʼchib oʼzini orqaga oldi,
qorongʼi oʼngir sari tisarildi, yelkasidagi yollari tikkayib, koʼzlari gʼira-shirada vahshiyona oʼt
sochib, qanday balo kelmasin, unga qarshi sapchishga hozirlanib turdi. Lekin, u bekorga
xavotirlangan edi. Ochiq dasht yomon.

Unda tepangda quvalayotgan vertolyotdan hech qaerga qochib qutulolmaysan, u tinmay, orqangdan qolmay, izma-iz taʼqib qilib kelaveradi, vertolyot parraklarining kasirgʼasi, avtomatdan doʼlday yogʼilgan oʼqlarning chiyillashi yuragingni azob va qoʼrqinch bilan toʼldiradi, yorugʼ dunyoda vertolyotdan omonlik yoʼq,

qochib qutuladigan, shoʼrlik boshingni pana qiladigan teshik-tuynuk ham yoʼq — shunday paytda yer ham yorilmaydi, quvib kelayotganlardan joningni qutqarib, yerga kirib ketaman desang.

Togʼlarda yoʼrigʼ boshqa. Bu yerda doim qochib qutulish mumkin. To xavf-xatar oʼtib ketguncha
pisib yotadigan bir joy albatta, topiladi. Bu yerlarda vertolyot qoʼrqinchli emas,
vertolyotlarning oʼzi qoʼrqadi togʼlardan. Biroq qoʼrqqanga qoʼshaloq koʼrinadi, degan gap bor.
Buning ustiga bir marta yuragingni oldirgansan.

Vertolyot yaqinlashib kelarkan, Аkbara qattiq gʼingshiy boshladi, boshini ichiga tortib, gʼujanak boʼlib oldi, lekin baribir dosh berolmadi, ojiz, ayanchli, gʼayrishuuriy bir qoʼrquvga tushib, birdan bor ovozini qoʼyib uvlab yubordi:

tishlarini alam-achchiq ustida gʼijirlatib, shu yerning oʼzidayoq qattol olishuvga chogʼlanib,
qorni bilan gʼor ogʼzi tomon sudraldi, goʼyo nazarida shunday qilsa, temir yalmogʼiz Uzun  Chotdan qochib ketadiganday, togʼu toshlar tinchiydiganday, zilzilalar toʼxtaydiganday edi.
Аkbara qoʼrqib uvlab, gʼingshiyvergandan keyin gʼor ichiga uning jufti Toshchaynar boshini
suqdi.

Аkbara ogʼiroyoqli boʼlib qolgandan beri Toshchaynar koʼp vaqtini inida emas, oʼngirdan
uzoq ketmay qalin va tinch qoragʼat butazorlar orasida oʼtkazardi. Tishlari xanjarday oʼtkir bu
boʼri har qanday narsani gʼajib tashlashga tayyor boʼlgani uchun shu atrofdagi choʼponlar unga
Toshchaynar deb nom bergan edilar.

Toshchaynar juftining yoniga sudralib keldi-da, uni baloqazolardan himoya qilganday gavdasi bilan toʼsib, taskin berganday irilladi.

Аkbara uning pinjiga mahkamroq tiqildi, adolatsiz osmondanmi yo boshqa birovdanmi yoxud shoʼrpeshona qismatidanmi nola-faryod qilganday gʼingshidi. Vertolyot Ola Moʼnguning oq qorli, koʼk muzli dovonidan oshib oʼtib, bulutlar ortida koʼzdan gʼoyib boʼlgandan keyin ham Аkbara yana anchagancha oʼziga kelolmay, qalt-qalt titrab turdi.

Koinotni bosgan sukut kabi togʼlarga birdan jimjitlik choʼkdi. Аkbara kutilmaganda
ichidan nimadir qimirlayotgan, turtinayotganligini anik his qildi.

Qiyomat (roman) 

МУВОЗАНАТ – Улуғбек ҲАМДАМ 2007

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Barcha kitoblar

Qiyomat (roman) (Chingiz Aytmatov) 1989

ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ ҚИЁМАТ

URL: http://lib.iiau.uz/kitoblar/qiyomat-roman-chingiz-aytmatov/

Автор: Chingiz Aytmatov

Книжные издания:

Издание : Qishning qisqa kuni norasta nafasiday birpasgina ilib turdi-yu, togʼlarning kungay betlarida koʼp oʼtmay havoning avzoyi buzildi, muzliklardan sovuq shamol izgʼidi, daraoʼngirlarga erta tushgan xufton qorongʼiligi shitob bilan yoyildi, qor-quyunli kechaning izgʼirin sovugʼi turdi.
Автор : Chingiz Aytmatov
Дата публикации : 01/01/1970
Format : EBook

Рейтинг редакторов:
3
Details
Ko'rildi: 590 marta
Author:
Janr: Badiiy (umumiy)
Tags: roman, Chingiz Aytmatov, pdf, qiyomat
Publisher: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти
Publication Year: 1989
Format: pdf
Length: 2 MB
Rating:

eBook Price: bepul
Order Now
Diniy axborotlarni targ'ib qilish qonun bilan taqiqlangan!