Ozod roman

About the Book

Ozod roman

Bir xonaning har tarafiga tiniq koʼzgular oʼrnatilgan edi. Kirgan kishi toʼrt tomonda, hatto oyoq ostidayu shiftda ham oʼzining muttasil akslanayotganini koʼrardi. Shuningdek, meʼmor bu xonani ovozlarni ham akslanadigan qilib quribdi: birgina ovoz yuz xil ohangda, kuchayib yoki pasayib takrorlanib qaytar edi.

Isajon sulton ozod (roman)
Isajon sulton ozod (roman)

Bir kuni shu xonaga yosh bir arslonni kiritib yubordilar. U ichkariga kirib, hamma tomondan oʼziga sonsiz-sanoqsiz arslonlar qarab turganini koʼrdi. Vahshiylik tabiati ustun kelib, tishlarini irjaytirgan edi, tegrasidagilar ham shunday qilishdi.

Yosh arslon yer timdalab, sapchishga tayyorlandi va qattiq naʼra tortdi. Naʼrasi turli tomonlarda akslanib, minglab arslonlarning naʼrasi boʼlib yangrab ketdi. Shunda yosh arslonning gʼazabi qoʼzidi, u eng yaqindagi raqibiga tashlandi, shu tariqa u yerdagi sonsiz-sanoqsiz arslonlar bilan to holdan toygunicha olishdi…

Аncha vaqtdan keyin xonaga kirgan kishilar arslonning oʼz akslari bilan jang qila-qila halok boʼlganini koʼrdilar. Toʼrt
tomondagi oynalarda esa minglab arslonlarning jonsiz jasadlari akslanib turar edi.

Kech kuz (qissa)      Фалак-Тоҳир Малик     Boy bola, aqllii bola – Robert T.Kiosaki 2010

Details
Ko'rildi: 247 marta
Author:
Janr: Badiiy (umumiy), Roman
Tag: pdf
Publisher: Sharq yulduzi
Publication Year: 2011
Format: pdf
Length: 849 KB
Rating:

eBook Price: bepul
Order Now
Diniy axborotlarni targ'ib qilish qonun bilan taqiqlangan!