AL-FIQH AL-AKBAR

АЛ-ФИҚХ АЛ-АКБАР

AL-FIQH AL-AKBAR

АЛ-ФИҚХ АЛ-АКБАР

Order Now!
About the Book

AL-FIQH AL-AKBAR
Tavhidning poydevori va e’tiqod qilish to‘g‘ri bo‘lgan narsalar
Banda shubhasiz ishongach, unga Alloh taologa, Uning farishtalariga, kitoblariga,
payg‘ambarlariga, o‘lgandan so‘ng qayta tiriltirilishga, yaxshilik ham, yomonlik ham
Allohning irodasi bilan bo‘lishiga imon keltirdim, Hisob, Mezon, Jannat va Do‘zax
hammasi hakdir, demoq vojib bo‘ladi…
— Alloh birdir. Uning birligi son jihatidan emas, balki sherigi yo‘qligi, tug‘maganligi,
tug‘ilmaganligi, tengi yo‘qligi, maxluqlaridan biror narsaga o‘xshamasligi, unga
maxluqlaridan biror narsaning o‘xshamasligi jihatidandir.
— Alloh ismlari, zotiy va fe’liy sifatlari bilan hamisha bo‘lgan va bo‘ladi. Tiriklik, qodirlik,
bilish, so‘zlashish, eshitish, ko‘rish, xohlash Alloxning zotiy sifatlaridir. Yaratish, rizq
berish, paydo qilish, vujudga keltirish kabilar Allohning fe’liy sifatlaridir. Alloh o‘z ismi va
sifatlari bilan bo‘lgan va bo‘ladi. Allohning birorta ism sifati yangi paydo bo‘lmagan.
— Alloh o‘z ilmi bilan doimo olim, ilm Uning azaliy sifatidir, U o‘z qudrati bilan doimo
qodirdir, qodirlik Uning azaliy sifatidir. U o‘z yaratuvchiligi bilan doimo yaratuvchi,
yaratish Uning azaliy sifatidir. U o‘z fe’li bilan doimo fo’iddir, fe’l Uning azaliy sifatidir.
Fo’il Alloh taolodir, maf’ul maxluqdir. Allohning fe’li maxluq emas. Allohning sifatlari
azalda qadimiydir, maxluq emasdir.Kim Allohning sifatlarini maxluq yoki yangidan paydo
bo‘lgan desa yoki u betaraf bo‘lsa yoki Allohning sifatlariga shubhalansa, u Allohni inkor
etgan kofirdir.
— Qur’on mushaflarda bitilgan, qalblarda yodlangan, tillarda o‘qilgan va
Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi vasallam, nozil qilingan. Qur’onni talafuz qilishimiz,
uni yozishimiz va o‘qishimiz maxlukdir. Qur’on maxluq emas. Alloh taolo Qur’onda Muso
va undan boshqa payg‘ambarlar to‘g‘risida hamda Fir’avn va ib-lis haqida aytganlari
barchasi Allohning ular haqida bildirgan kalomidir. Muso, alayhis-salom, va undai boshqa
maxluqlarning so‘zlari ham maxlukdir. Qur’on Alloh taoloning kalomidir, ularning kalomi
emasdir. Alloh taolo: “Alloh Musoga gapirdi…” deb bayon qilganidan, Muso,
alayhissalom, Alloh taoloning kalomini eshitdi. Alloh Musoga, alayhissalom, gapirishdan
oldin ham azalda so‘zlaguvchidir. Maxluqotlarni yaratishdan ol-din ham azalda
yaratguvchidir.

Details
Ko'rildi: 425 marta
Author:
Janr: Diniy
Format: pdf
Length: 21 kb
Rating:

eBook Price: bepul
Order Now
Diniy axborotlarni targ'ib qilish qonun bilan taqiqlangan!